14 September 2015

Koreyada mustaqillik bayramimizni qanday nishonlaganimiz haqida

Har yili 1-sentabr O'zbekiston mustaqillikka erishgan kunini yuqori darajada o'z yaqinlarim bilan nishonlash odat bo'lib qolgan. Bayram kunlarni qayerda bo'lmay bayram o'tkaziladigan joylarga chiqib do'stu-birodarlarni ko'rish, undan so'ng oilaviy o'tirib nishonlashlarsiz bayramni tasavvur qilishim qiyin. Ammo 2 yildan beri bu an'anaga biroz o'zgartirish kirittim.

2014-yil 31-avgust kuni bir nechta do'stlarim bilan Koreyaga, Koreya Milliy Transport Universitetiga o'qishga birga keldik. Biz kelganimizda bu oliygohda bizdan boshqa o'zbek talabalar yo'q edi, ammo unga qadar Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida bakalavrda o'qigan paytimizda volontyorlik dasturi bilan kelgan bir nechta talaba tanishlarimiz bor edi. Kelgan kunimiz o'sha do'stlarimiz bizni kutib olib oliygoh bilan tanishtirishdi.

1-sentabr hamma talabalar uchun birinchi o'quv kuni bo'lsa biz uchun mustaqillik bayramimiz ham edi, ammo bayram shukuhi hech qayerda ko'rinmasdi. Bunday shukuh bo'lmasa o'zimiz buni tashkil qilamiz dedikda, o'zbek talabalar koreys do'stlarimiz bilan yig'ilishib odatga ko'ra dasturxon yozib o'z bayrog'imiz ostida nishonladik, xursandchilik qildik. Sayl joyi etib universitetning eng mashhur joyi kampus amfiteatri sahnasini tanladik.

Buni qarangki bu yil bu oliygohda o'zbek talabalari soni bir nechtaga ortti, turli xil bosqich, turli xil yo'nalishlarga bir nechta talabalar qabul qilindi. Bu ham o'z navbatida bayram kayfiyati yanada ko'taringki nishonlashga sababchi bo'ldi.

Bayram fotosessiyadan bir lavha
bayram fotosessiyadan bir lavha