20 July 2015

Eshik oldidagi to’qnashuvlar uchun smart qurilma yoki arduinodan foydalanib nima yasaganim haqida

Oldingi semestrda bizning fakultetda arduino haqida fan o'tildi va oxirgi imtihon o'rniga biror g'oya asosida yangi qurilma yaratish kerak edi. Topshiriqning nozik joyi shunda ediki yaratilajak qurilma dunyoda yo'q bo'lishi yoki avval yaratilgan qurilmalardan nimasidir bilan farq qilishi kerak edi.

Qanday qilib yangi qurilma o'ylab topsam ekan deb xayol surib xona eshigiga yaqinlashib qolganimda eshik qo'qisdan ochilib bir domla shiddat bilan kirib keldi. Eshik ochilganigami, domlani badjahl ekanliginidanmi bilmadim birdan o'ylab turgan fikrlarim kapalakday uchdi ketti.

Shu eshiklar ochilishini oldindan ogohlantiruvchi qurilma qo'yishsa qo'rqib ketmasdim deb o'ylab qoldim va shu g'oya bilan shunday qurilmani o'zim yaratishim kerak degan xulosaga keldim. Devaysni yasash uchun arduinodan foydalandim, quyida uni qanday tuzilgani haqida texnik maqola yozdim.

Blog ochilish so'zlari

Nazarimda blogpost yozish bu ko'plab ijtimoiy tarmoqlarda statuslar yozishdan ko'ra ko'proq ma'noli foydali bo'ladi, ayniqsa fikrlaringizni elektron shaklga o'girganingizda baytlar soni ko'p bo'lsa.

Bugundan boshlab man ham blog yozishga qaror qildim, ammo avvaliga nima haqida yozishni rosa o'yladim, natijada xayolimga kelgan istalgan narsa haqida yozaman degan qarorga keldim. Shunday qilib soddagina blogimda o'zimga qiziq bo'lgan va yaqinlarim bilan ulashishni lozim deb topgan ko'rgan, bilgan, o'rgangan, boshimdan kechirgan narsalarim haqida yozib boraman. Bular asosan dasturchilik, sayohat, Koreya, Koreyadagi hayotim haqida bo'lishi mumkin, lekin yuqorida yozganimdek yana xayolga yaxshi ideyalar kelib qolsa o'zimni cheklab o'tirmayman. Xullas bars222.blogspot.com ni rasman ochiq deb e'lon qilaman.