20 July 2015

Blog ochilish so'zlari

Nazarimda blogpost yozish bu ko'plab ijtimoiy tarmoqlarda statuslar yozishdan ko'ra ko'proq ma'noli foydali bo'ladi, ayniqsa fikrlaringizni elektron shaklga o'girganingizda baytlar soni ko'p bo'lsa.

Bugundan boshlab man ham blog yozishga qaror qildim, ammo avvaliga nima haqida yozishni rosa o'yladim, natijada xayolimga kelgan istalgan narsa haqida yozaman degan qarorga keldim. Shunday qilib soddagina blogimda o'zimga qiziq bo'lgan va yaqinlarim bilan ulashishni lozim deb topgan ko'rgan, bilgan, o'rgangan, boshimdan kechirgan narsalarim haqida yozib boraman. Bular asosan dasturchilik, sayohat, Koreya, Koreyadagi hayotim haqida bo'lishi mumkin, lekin yuqorida yozganimdek yana xayolga yaxshi ideyalar kelib qolsa o'zimni cheklab o'tirmayman. Xullas bars222.blogspot.com ni rasman ochiq deb e'lon qilaman.

2 comments:

  1. Dasturlash haqida ko'proq yozing aka, bahonada biz ham oz-moz o'rganib olar edik ))

    ReplyDelete
    Replies
    1. yaxshi, qo'limdan kelgancha harakat qilaman

      Delete