26 January 2017

Nostrifikatsiya qilmasangiz ham bo'ladi!

Oldingi postimda Koreyada diplomga apostil muhrini olish haqida qo'llanma yozgan edim. O'sha post so'ngida sizlarga apostilning O'zbekiston hududida ishlashini tekshirib aytib o'taman degan va'damni bu postda bajarmoqchiman.


Garchi ishga joylashganimga ancha vaqt bo'lgan bo'lsada, post yozishga endi vaqtim bo'lyapti. Yangi ish joyiga ko'niskish va ish o'rganish ham ancha vaqt olib qo'yarkan.

Gapni po'st kallasiga o'tadigan bo'lsak, apostil qilingan va rus tiliga tarjima qilingan hujjatlarim neft gaz sohasidagi hozirgi ishxonamga o'tdi. Tashkilot hujjatlarni ko'rib tezda ishga qabul qilishdi. hech qanday notrifikatsiya yoki boshqa hujjatlar so'ralmadi.

Demak siz ham chet eldagi o'qishingiz diplomiga o'qigan davlatingizdagi ma'sul tashkilotdan apostil muhrini olib qaytishingiz va O'zbekistonda undan bemalol foydalanishingiz mumkin. O'zbekiston bu konvensiyaga 2012-yil 15-aprelda a'zo bo'lgan. Eslatib o'taman apostil konvensiyasiga a'zo davlatlar bir-birlarining diplomlarini apostil muhri bo'lgan holda qabul qilish majburiyatini oladi, apostil konvensiyasiga a'zo davlatlar ro'yxatini wikipediadan topishingiz mumkin. Har xil davlarlarda apostil beruvchi tashkilot har xil bo'lishi mumkin, buni aniqlash uchun 'just google it'.
 Apostil (Apostille) – bu shu turdagi qonuniylashtirishni tan oladigan davlatlar hudududa taqdim etish uchun beriladigan hujjatning qonuniyligi haqidagi ma’lumotlarni to’ldirishning xalqaro standartlashtirilgan formasi. “Apostil” shtampi davlat namunasidagi hujjatlarning asl nusxasiga qo’yiladi.

Hujjatlarni qonuniylashtirishning 2 xil asosiy turi bo’lib ular: “Apostil” shtampining qo’yilishi yoki konsullik qonuniylashtirishdir. Qonuniylashtirish turini tanlash har bir alohida holat uchun hujjat yuborilgan davlatga bog’liq bo’ladi.

“Apostil” shtampining qo’yilishi (ba’zan bu jarayonni yana “osonlashtirilgan, soddalashtirilgan qonuniylashish” yoki “apostillashish” deb ham ataladi) 5-oktabr 1961 yildan Gaaga konvensiyasiga qo’shilgan va konsullik qonuniylashtirishni rad etuvchi va osonlashtirilgan/soddalashtirilgan qonuniylashish – “Apostil” shtampini qo’yishni tan olgan davlatlarga hujjat yuborish uchun qo’llaniladi. Bu jarayonning soddalashtirilgan deb atalganligining sababi shundaki, birinchidan, apostillashtirish anchayin tez bajariladi va faqat bitta organ tomonidan amalga oshiriladi, ikkinchidan, hujjat Gaaga konvensiyasiga a’zo bo’lgan barcha davlatlar hududida yuridik kuchga ega bo’ladi.

Agarda, siz hujjat tayyorlayotgan davlat Gaaga konvensiyasiga a’zo bo’lmasa, unda konsullik qonuniylashtirish kerak bo’ladi. Bu anchayin qiyin jarayon bo’lib oz ichiga O’zbekiston Respubliksi Adliya Vazirligi organlarida, O’zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi organlariga, undan keyin esa O’zbekiston Respublikasidagi hujjat tayyorlayotgan davlat elchixonasi tomonidan hujjat tasdiqdan o’tishi lozim. Buning ustiga hujjat faqat konsullik tamg’asi urilgan davlat hududidagina o’z yuridik kuchiga ega bo’ladi.

Quyiga Gaaga konvensiyasiga a’zo ba’zi davlatlarning ro’yxati keltirilgan( Bu davlatlar chet el ijtimoiy hujjatlarni qonuniylashtirish talablarini rad etadi):

Albaniya, Andora, Angilya, Antigua va Barbuda, Argentina, Armaniston, Avstraliya, Avstriya, Azerbayjon, Bagama, Baxreyn, Barbados, Belorusiya, Belgiya, Beliz, Burmuda, Bosniya, Botsvana, Bruney Darussalam, Bolgariya, Xitoy, Kolumbiya, Kuku oroli, Kosta-Rika, Xorvatiya, Kipr, Chexiya Respublikasi, Daniya, Dominika, Dominika Respublikasi, Ekvador, Salvador, Estoniya, Folklend orollari, Fidji, Finlandiya, Fransiya, Makedoniya, Gruziya, Germaniya, Gretsiya, Grenada, Gayana, Gondurasa, Vengriya, Islandiya, Hindiston, Irlandiya, Men orollari, Isroil, Italiya, Yaponiya, Qozoqiston, Koreya Respublikasi, Qirg’iziston, Latviya, Lesoto, Liberiya, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Malavi, Malta, Marshal orollari, Mavrekiy, Meksika, Moldaviya, Monako, Chernogoriya, Namibiya, Niderlandiya, Yangi Koledoniya, Yango Zelandiya, Niue, Norvegiya, Panama, Peru, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Rossiya Federatsiyasi, Samao, San-Marino, Serbiya, Seyshel orollari, Slovakiya, Sloveniya, Solomon orollari, Janubiy Afrika, Ispaniya, Sent-Kist va Nevis, Sent-Lyusiya, Sankt-Vinsent va Grenada, Surinam, Svazilend, Shvetsiya, Shetsariya, Tonga, Trinida va Tobago, Turkiya, Terks va Kaykos, Ukraina, Birlashgan Qirollik, Qo’shma Shtatlar, Urugvay, O’zbekiston.

Apostil qanday ko’rinishga ega?

1961- yildagi Gaaga konvensiyasiga binoan, apostil tomonlari 9 smdan kam bo’lmagan to’rtburchak shakliga ega bo’lib Konvensiyaga biriktirilgan namunaga o’xshashi lozim.

Apostil matni quyidagi rekvizitlarni o’z ichiga olishi kerak:

    Apostil bergan davlatning nomi
    Apostil bilan tasdiqlangan, hujjatni imzolagan shaxs familiyasi va ismi
    Apostil bilan tasdiqlangan hujjatni imzolagan shaxsning lavozimi
    Apostil qo’yilgan shaharning nomi
    Apostil qo’yilgan sana
    Apostil qo’yilgan idoraning nomi
    Apostil raqami
    Apostil qo’ygan idoraning muhri/shtampi
    Apostil qo’ygan amaldor shaxsning imzosi

                                                             Apostil

Apostil Konvensiyaning rasmiy tillaridan (fransuz yoki ingliz) birida yoki apostil qo’ygan davlatning ona tilida yozilgan bo’lishi mumkin. Amalda Apostil ko’pincha 2 tilda (konvensiya tillaridan birida va milliy tilda)tuziladi.

“Apostille (convention de la Hayedu 5 octobre 1961)” sarlavhasi fransuz tilida bo’lishi shart.

Konvensiya bo’yicha, Apostil hujjatning o’ziga yoki hujjatga biriktirilgan varaqqa qo’yiladi.

Qaysi turdagi hujjatlarni qonuniylashtirish mumkin(apostil qo’yish)?

Istagan hujjat chet el davlatida qonuniylashtirilishi yaki sertifikatlanishi mumkin.(Bunda tug’ilganlik haqida guvohnoma, turmush qurganlik to’g’risidagi guvohnoma, vafot etganlik to’g’risidagi guvohnoma, ajrashganlik to’g’risidagi guvohnoma, diplom, turli xil sertifikatlar, sudlanganlik to’g’risida guvohnoma va h.k.) Apostil talablari hujjat turiga va shu hujjat berilgan berilgan davlat talablariga bog’liq. Hujjatlarni tezda tekshirish bo’yicha chet el agentligi (Foreign Documents Expert) sizning hujjatlaringizni tez va mustaqil ravishda tekshirib, sizning hujjatlaringiz u yoki bu sabab bilan qonuniylashtirishga to’g’ri kelmasa sizga o’zlarining qimmatli maslahatlarini ham berishadi.


Darvoqe man ishlayotgan tashkilotga ko'plab chet el oliygohlarini bitirganlar ishga kelishi sababli bu yerdagi ishga qabul qilish komissiyasi chet el diplomlari va apostil kabi konvensiyalarni bilisharkan, ammo siz boradigan tashkilotdagilar buni bilmasliklari ham mumkin. Agarda sizda bunday holat bo'lsa quyida ilovalarga yozgan linklarimni ko'rib chiqing.

Yana bir gap. Ba'zi bir mamlakatlar shu konvensiyaga a'zo bo'lsalarda bir birlarining apostillangan hujjatlarini qabul qilishmaydi, jumladan Avstriya, Belgiya, Germaniya, Gretsiya, hamda Kosovo Respublikasi hujjatlari apostil olish yo'li bilan tan olinmaydi, mos ravishda O'zbekistonda apostillangan hujjatlar ham yuqorida sanab o'tilgan davlatlarda ishlamaydi.

Koreyada apostil muhrini olish uchun qo'llanmani oldingi postimdan o'qishingiz mumkin.

Apostil haqida ma'lumot olish uchun ilovalar
http://lex.uz/Pages/GetAct.aspx?lact_id=1903558
https://en.wikipedia.org/wiki/Apostille_Convention
http://uz-rek.com/uz/useful-quotes/chto-takoe-apostil-i-kak-poluchit-ee-63

O'zbekistonda apostil olish uchun online xizmat:
https://my.gov.uz/uz/regService/370

No comments:

Post a Comment