3 September 2016

Koreya diplomini apostil qilish uchun qo'llanma

Bu postda Koreya milliy universitetlarini diplomini apostil qilish qo'llanmasi yozilgan. Xususiy universitetlar diplomi egalari ham bundan foydalansa bo'ladi.



1-rasm. MOFA manzili

Bir muddat avval Jumabek Alixanov facebookda shunday post yozdi:



"Diplom nostrifikaciyasi haqida. Apostile degan narsa bor ekan, özing öqiyotgan davlatda olgan diplomingizga ösha davlatning tegishli tashkiloti tomonidan apostil bosib berilarkan. Apostil bu diplom va ilovasiga bosiladigan muhr. Agar ösha apostil bölsa, sizga uzb.ga qaytgach, nostrifikacia qildirishingiz shart emas. Wikipediada Gaaga konvensiyasi va apostil deb qidiring. Gaaga konvensiyasiga 4 yil oldin Uzbekiston ham qöshilgan, Koreya ham bor. Bunga köra, Konvensiyaga qöshilgan davlatlar bir birlarining hujjatlarini tan oladi, agar unga apostil bosilgan bölsa. Unutmang, öqishni tugatiboq, diplomizga apostil bostiring. Korea oliy ta'lim vazirligidan bu haqida sörab qöying oldindan. Batafsil netdan öqib köring. Innakeyin, hamasini oydinlashtirganizdan keyin, barcha tanishlarizga, xorijda öqiyotgan, aytingki, diplomlariga apostil qöydirib kelsin. Apostilni bir oyda beradi. Agar usiz quruq diplom bn kelsangizlar, bu yerda sarson bulib notrifikatsiyaga yugurish ga to'g'ri kelishi mumkin ekan."

Bu fikr mantiqan to'g'ri bo'lganligi uchun apostil muhrini olishga qaror qildim, axir UZB diplomimizni ham KORga yuborganimizda ham apostil urib yuborgandik, shuning uchun qabul qilishgandiku. Quyida Apostil muhrini qayerdan, qanday, qanchaga olganim haqidagi tajribam bilan ulashaman. Ammo u qanchalik kerak va bu qanchalik to'g'riligi haqida UZB qaytganimda ishlatib ko'rib yozaman, ya'ni blogimni kuzatib borsangiz ko'rasiz.

Ma'lumot uchun Apostil UZBda hujjatning orqasiga muhr tarzida urilsa KORda stiker(nakleyka) tarzida yopishtiriladi. Stikerning bir bo'larchasi hujjatning oldiga ham chiqib turadi (2 va 3-rasmlar). Birinchi qatorida APOSTILLE deb yozilib ikkinchi qatori fransuzcha yozuvi bo'ladi.

Apostil muhrini urish huquqi har xil davlatlarda har xil davlat idoralariga yuklatilgan, UZBda Davlat test markazi(dtm.uz) bu ish bilan shug'ullansa KORda tashqi ishlar va savdo vazirligi(Ministery of Foreign affairs and trade - mofa.go.kr) bu ish bilan shug'ullanadi. 

Diqqat! Bu maqolada milliy universitet bitiruvchilari diplomini Apostillash yoritilgan. Xususiy universitetlar bitiruvchilari uchun ozgina boshqacha bo'lishi mumkin. Aniqlashtirish uchun 02-2100-7593/7594 raqamiga telefon qiling

Manzil: yuqorida aytganimdek MOFA bu ish bilan shug'ullansada, MOFAning shu ish bilan shug'ullanadigan bo'limi alohida boshqa binoda joylashgan bo'lib, unga borish uchun Gwanghwamun metro bekatidan chiqib ozgina yuriladi va "Korean RE"(코리안리) nomli binoga boriladi (1-rasm).

Endi qilinadigan ishlarni qadamma-qadam yozaman:
1. Binoning 5-qavatidan notarial guvohnoma olinadi. Notariusga diplomingizni berib uni nusxasini notariuslab berishini aytasiz(o'zini emas). ARCni ko'rib tekshirishgach, tezda hujjatni qilib berishadi. Agar navbat bo'lmasa bu o'n daqiqa bitadi. Bitta notarial guvohnomaning narxi va 25'000 KRW. Qo'rqmang apostil pechat narxi ancha arzon. (2-rasm)

2-rasm. Apostillangan notarial guvohnoma

2. To'rtinchi qavatga tushamiz. Aynan shu qavatada apostil pechati olinadi. kirishiz bilan 
   a) Ikkita apparatdan navbat raqami oling 
   b) Kassaga to'lab marka oling(har bitta hujjatning apostili uchun 1000 KRW, ya'ni agar sizda bitta diplom va bitta notarial guvohnoma bo'lsa 2000 KRW to'laysiz)
   c) Apostile uchun ikkita ariza(application) to'ldiring
(Chapdan) Birinchi apparatdan olgan raqamiz chiqqan oynaga diplomizni asl nusxasini, 1000 KRWli marka va arizangizni bering.
(Chapdan) Ikkinchi apparatdan olgan raqamiz chiqqan oynaga notarial ma'lumot nomangizni, 1000 KRWli marka va arziangizni bering.

3. Hujjatlarizni berib 30 minutdan keyin oynaga yana borib apostillangan holatda qaytarib olasiz. 
3-rasm. Apostillangan diplom

4. Afsuski notarial guvohnoma faqat ingliz yoki koreys tillarida berilarkan. UZBda ingliz tilidagi notarial guvohnoma ishlashiga ishonchim komil bo'lmaganligi uchun B1(1-yer osti qavati)ga tushib ruschaga tarjima qildirib oldim. Eng ko'p vaqt va pul talab qiladigani shu tarjima bo'lib chiqdi, vaqti 4~6 soat, puli 30'000 KRW. (4-rasm)
Darvoqe o'zbek tiliga ham tarjima qiberish imkoniyatlari bor ekan, biroq rus tilida olinsa birinchidan universalroq bo'ladi, ikkinchidan u yerda o'zbek tiliga tarjima qiladigan odam asli o'zbek emas ekan(rasvo tarjima bo'lishi mumkin), uchinchidan rus tiliga o'giruvchi rus millatli kishi ekan.

4-rasm. Tarjima

Ish vaqtiBo'lim dushanbadan jumagacha, soat 09:00 dan 17:30 qadar qabul qiladi. Hamma Koreys ishxonalaridek 12:00dan 13:00 ga qadar tushlik. Hujjat topshirganingizdan keyin 30 daqiqa ichida sizga apostil urib berishadi, shuning uchun agar 11:30 dan keyin qolsangiz tushlikdan keyin olishingizga to'g'ri keladi. Xizmat ko'rsatuvchi personallar ko'p bo'lishiga qaramasdan joni navbat paydo bo'lishini inobatga olib sizga ertalab 9 dan borishingizni maslahat beraman.

Kerakli hujjatlar. Sizga faqat apostil qilishingiz kerak bo'lgan hujjat diplomingiz va guvohnoma uchun ARC(alien registration card yoki ID) kerak bo'ladi xolos.

Yuqorida aytganimdek apostil nostrifikatsiya bilan qanday kelishishi haqida ma'lumotim yo'q, O'zbekiston borib diplomimni amalda ishlatganimda bunga shu yerdan, blogimdan yoki fb.com/bars222 dan javob olishingiz mumkin.

Shu o'rinda savol tug'iladi: "Nega UZBda apostil 14 kun(kamida) vaqt olardi-yu, KORda 30 minut?"
Javob: Aytishlaricha DTMda 14 kun hujjatning originalligini tekshirish uchun ketarkan, ya'ni hujjat bergan tashkilotga so'rov yuborilishi, va shunga o'xshash narsalar. 
Diplom ostidagi diplom raqamini ko'rdingizmi? Bu raqam universal bo'lib diplomni rasmiylashtirilayotganda KOR oliy ta'lim vazirligidan beriladi va oliy ta'limning  ma'lumotlar omboriga ta'labaning ma'lumotlari bilan qo'shib kiritiladi. KORda esa bilamizki elektron hukumat yaxshigina yo'lga qo'yilgan, MOFA(apostil beruvchi) oliy ta'lim bazasiga kirish huquqi berilgan bo'lib ular hujjatni bir zumda shu bazadan tekshirib olishadi. 
Bizda ham bunday tizimlar qurilishi ustida ish olib borilmoqda va tez orada undan foydalana olamiz deb ishonaman

No comments:

Post a Comment